Rossiyalik biznesmen, “Severstal” kompaniyasi sohibi Aleksey Mordashov nufuzli Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha Rossiyaning eng boy insonlari ro‘yxatida Leonid Mixelsondan o‘tib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nashr uning boyligini 16,8 milliard dollarga baholadi. Mixelsonning davlati esa 16,2 milliard dollarni tashkil etadi.
Sharhlarda aytilishicha, Mordashovning bu qadar keskin ko‘tarilishiga uning aktivlari narxi oshishi emas, balki “Novatek” aksiyalarining tushib ketishi oqibatida Mixelsonga investorlar ishonchining yo‘qolishi sabab bo‘ldi.
Ilgarigi reyting e’lon qilinganidan beri Mordashovning boyligi 63 million dollarga oshdi.
Izoh (0)