Isroil politsiyasi generali Arye Amit Quddusdagi beqaror vaziyat tufayli iste’foga chiqarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Amitni bo‘shatish qarorini Isroil politsiyasi boshlig‘i brigada generali Roni ash-Shayx qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyulda Ibodatxona tog‘ida ikki isroillik harbiy xizmatchining o‘ldirib ketilishi tufayli Isroil al-Aqsoni musulmonlar uchun yopib qo‘ydi, so‘ng qarorini biroz yumshatib, kirishga metallodetektorli romlar o‘rnatdi. Shu tufayli Quddusda vaziyat keskinlashib, falastinliklar huquq-tartibot organlari bilan to‘qnashuvlarga kirib ketdi.
Izoh (0)