AdMe xonadondagi muhitni go‘zal qilibgina qolmay havo namligini nazorat qiladigan va kislorodga boyitadigan o‘simliklar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Spatifillum
Ayol baxti yoki oq yelkan guli — ushbu gul xonadonga baxt va muhabbat olib keladi degan tushuncha bor. Spatifillum nafaqat namlikni o‘ziga tortadi, balki xona iqlimini normallashtirib, zamburug‘lar sporalarini yo‘q qiladi. O‘simlik +18 Selsiy darajada o‘zini yaxshi his qiladi.Kofe daraxti
Yuzlab turlari ichidan odamlar asosan arab va robusta kofe daraxtlaridan foydalanishadi. Ushbu daraxtlar birinchi mevalari 5—6 yildan so‘ng tuga boshlaydi, shuning uchun yoshi katta o‘simlikni sotib olgan ma’qul. Nim qorong‘u joyda yaxshi o‘sadi, tagiga tez-tez suv quyib turish kerak. Havodagi namlikni o‘ziga yutadi va gullagan vaqtida tropik hid tarqatadi.Mirt
Tinchlik hamda xursandchilik ramzi. Qadimda odamlar ushbu daraxtni muqaddas hisoblashgan: qarilarga yoshligini qaytaradi deya. Mirt nafaqat xonadondagi mikoriqlimni normallashtiradi, balki odamlar sog‘lig‘i haqida ham o‘ylaydi: o‘simlik barglaridan ajralib chiqadigan fitonsitlar havodagi mikroblarni o‘ldiradi.Saxiy lavr
Qadimda o‘txo‘r dinozavrlar lavrni juda yaxshi ko‘rgan. Yirtqichlar esa ushbu o‘simlik bilan oziqlanadigan o‘txo‘rlarni yeyishni yaxshi ko‘rgan, chunki bunda ziravorli tushlik qilish imkoni bo‘lgan. Odamlar lavrni shon-shuhrat, g‘alaba va buyuklik ramzi deya hisoblashgan.Limon
Limon havodagi ortiqcha namlikni o‘ziga tortib oladi. Uning barglari katta miqdorga o‘z atrofini tozalovchi shifobaxsh moddalar ishlab chiqaradi. U quyoshli muhitni va quruq tuproqni yaxshi ko‘radi.Sarv
Yaponida sarv muqaddas daraxt hisoblanadi: o‘lganlar hamda xudolar ruhi unda yashaydi degan tushuncha bor. U bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi, havoni namlantiradi. Buning uchun esa nim qorong‘ulik va muntazam suvni talab qiladi.Sansevieriya
Ushbu o‘simlik havo bilan aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi: uni namlantiradi, katta miqdorda kislorod ajratib chiqaradi va sintetik materiallarga zarar keltiruvchi zararli bug‘larni yo‘q qiladi.Fikus
Eng ommalashgan uy o‘simligi. Havoni namlantiradi, kislorodga boyitadi, viruslar va toksinlarni yo‘q qiladi, o‘zining keng barglari bilan changni ushlab qoladi. Keng joy va nim qorong‘i muhitni yaxshi ko‘radi.
Izoh (0)