21-iyul kuni Sankt-Peterburg shahrida qurilayotgan “Laxta-sentr” majmuasi kanalida ko‘tarma krandan videoga olingan tasvir paydo bo‘ldi. Unda kamalak yuqoridan olinganini va bunday balandlikdan u aylana shaklida ko‘rinishini bilish mumkin, deb xabar beradi Meduza.
Umuman, kamalak odatda aylana shaklda bo‘ladi, lekin yerdan turib qaraganda uning faqat yarmi ko‘rinadi. Samolyotda ketayotganlar ham tabiiy hodisani to‘liq shaklda ko‘radi.
Mana bu aylana kamalak Niagara sharsharasidan videoga olingan.
Bunisi esa — Italiyaning Messina shahridan.