Flytothesky nashri o‘z davrida gullab yashnagan buyuk shaharlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Venetsiya
Birinchi venetsiyaliklar ushbu orol materikdan ko‘ra ancha xavfsiz bo‘lganligi uchun bu yerda o‘z uylarni ulkan yog‘och qoziqlar ustiga qura boshlagan. Shundan so‘ng tuz qazib olish hamda u bilan savdo qilish yo‘lga qo‘yilgan. Venetsiya O‘rtayer dengizidagi eng katta savdo portlaridan biriga va G‘arbiy Yevopadagi eng boy shaharga aylangan.Palembang
Sumatra orolida joylashgan ushbu orol ham Venetsiya kabi o‘zining joylashgan o‘rni savdo-sotiq uchun qulay bo‘lganligi sabab gullab yashnagan. Afrika va Xitoyni Yaqin Sharq, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyoni birlashtirib turuvchi Hind okeani materikdagi Buyuk ipak yo‘lidan ko‘ra keng ko‘lamli bo‘lgan.Eridu
Qadimiy Eridu shahriga (Xudolar uyi) eramizdan avvalgi 5400-yilda Frot daryosi qirg‘oqlarida asos solingan. Arxeologlar ushbu shahar qoldiqlarini XX asrda topishga muvaffaq bo‘lgan. Odamlar Eriduni nega eramizdan avvalgi 600-yilda tark etishganlari hamon noma’lum.Fiva
Misr madaniyat markazi o‘zining ajoyib ibodatxonalari va quyosh xudosi Amon sharafiga qurilgan haykallari bilan mashhur.Qoraqurum
Chingizxon barcha mog‘ul qabilalarini birlashtirgach, 1220-yilda imperiya tarixidagi eng katta shaharni — Qoraqurumni qurishni boshlaydi. O‘rxun daryosida yaqinida joylashgan Qoraqurum Buyuk ipak yo‘lining strategik obyekti hisoblangan. XIV asrda xitoyliklar tomonidan vayron qilib tashlanguniga qadar shahar juda ahamiyatli bo‘lgan.Buyuk Zimbabve
Buyuk Zimbabve qachonlardir 25 ming odam istiqomat qiladigan, savdo-sotiq rivojlangan shahar bo‘lgan.Xattusa
Gomerning “Iliada“ va “Odissey”i yaratilgan davr xettlar imperiyasining eng qudratli davriga to‘g‘ri kelgan, poytaxt Xattusa shahri esa odamlar gavjum megapolis bo‘lgan. Eramizning XII asrida frigiyaliklar shaharga hujum qilib uning kulini ko‘kka sovurgan.Sian
Sian — qadimiy Xitoyning oltita poytaxtidan biri bo‘lib, eng mashuri va qudratlisi hisoblanadi. Qadimiy Xitoy yopiq jamiyat bo‘lgan. Bu avvaliga uni rivojlantirgan bo‘lsa, keyinchalik uning yo‘q bo‘lishiga ham aynan shu narsa sabab bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li Sharq va G‘arbni birlashtirib turgan va bu yo‘l aynan Siandan boshlangan.Pataliputra
Eramizdan avvalgi 326-yilda shahzoda Chandragupta Pataliputra shahariga asos solgan. Ushbu zamonda yashaganlar shaharga “hashamatli va jinoyatdan xoli” deya ta’rif berishgan. Imperator Ashoka davrida shaharda toshdan uylar qurila boshlagan.
Izoh (0)