Ukrainaning Lvov shahriga ekskursiyaga tashrif buyurgan olti nafar amerikalik harbiy xizmatchi yonayotgan uy ichiga kirib, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar u yerda qolib ketgan odamlarni qutqarib qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ukraina mudofaa vazirligining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, voqea 16-iyul kuni ro‘y bergan. AQSh milliy gvardiyasining 45-brigada jangovar guruhi harbiy xizmatchilari ekskursiya chog‘ida Lvov milliy akademik opera va balet teatri yaqinidagi uylardan biri yonayotganiga guvoh bo‘lgan.
Amerikaliklar ikkinchi qavati o‘t olgan bino tomon oshiqqan. Ular o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar uchinchi qavatda istiqomat qiluvchi odamlarni evakuatsiya qilishga ulgurgan.
Izoh (0)