The Independent nashrida keltirilishicha, Yaponiya bosh vazirining rafiqasi Akie Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot qilmaslik uchun o‘zini ingliz tilini bilmaydigandek tutgan. Voqea tafsilotlarini “Gazeta.ru” keltirmoqda.
O‘zining The New York Times nashriga bergan oxirgi intervyusida Tramp Sindzo Abening rafiqasi ingliz tilida bitta ham so‘z bilmasligini aytgan edi. G20 sammitidagi tushlik chog‘ida Tramp Akie Abening yonida o‘tirgan edi.
Jurnalistning ayolning ingliz tili bilishi haqidagi savoliga javoban Tramp u hatto “salom” so‘zini ham bilmasligini ta’kidlab o‘tdi. AQSh rahbarining aytishicha, qariyb ikki soat davom etgan tushlik chog‘ida Abe xonim jim o‘tirgan.
Ammo jurnalistlardan biri Abe xonim ingliz tilini juda yaxshibilishini uqtirmoqda. U Yaponiya bosh vazirining rafiqasi simpoziumlardan birida ingliz tilida chiqish qilganiga guvoh bo‘lganini ta’kidlamoqda.
“Balki, Yaponiyaning birinchi xonimi prezident Tramp bilan gaplashmaslik uchun tushlik paytida jim o‘tirgandir”, — deb taxmin qildi jurnalist.
Izoh (0)