Yaqin Sharq — zamonaviy dunyoning o‘ziga xos “poroxli bochkasi”. Arab mamlakatlarining Isroil bilan murosasizligi, ayni vaqtda, arab davlatlaridagi ichki va o‘zaro diniy, g‘oyaviy, hududiy, moddiy ixtiloflar mintaqani XX asrning ikkinchi yarmidan beri doimiy nizo o‘chog‘iga aylantirib qo‘ygan.

Biroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov mintaqadagi muammolar, Suriya va Iroq fojiasi sabablarini yaqin o‘n yilliklardan izlash ko‘p ham to‘g‘ri bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi — “Vakillik.uz” sayti hamda “Daryo” internet-nashri hamkorlikda Qobilbek Karimbekov bilan uyushtirgan suhbatni to‘liq quyida tomosha qilishingiz mumkin.