Xiaomi kompaniyasi 26-iyul kuni Mi 5X flagmanini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Prezentatsiya hali bo‘lib o‘tmaganiga qaramay, bir kunda smartfon 200 ming oldindan buyurtma to‘pladi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, gadjet qo‘shkamera hamda orqa paneldagi barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi.
Smartfon uch rangda chiqariladi: oltin, pushti va qora.
Shuningdek, flagmanning top versiyasi asosida Qualcomm Snapdragon 660 protsessori bo‘lishi ma’lum. Bundan tashqari, u 6 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga ega.
Kichik versiya Qualcomm Snapdragon 625 chipiga, 4 Gb operativ va 32 Gb ichki xotiraga ega bo‘ladi.
Gadjetning eng qimmat versiyasi 300 dollar, kenja versiyasi 210 dollar turadi.
Izoh (0)