AQSh mamlakatdan 2016-yil dekabrida chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar o‘rniga yuborilganlarga viza bermayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
“Vashington nafaqat bizning xodimlarimizni chiqarib yuborish haqidagi qarorini bekor qilmadi, balki ularning o‘rniga kelganlarga viza berishdan bosh tortmoqda”, — dedi u.
Zaxarova AQShning Moskvadagi elchixonasi xodimlari soni Vashingtondagi rossiyalik diplomatlar sonidan ancha ko‘pligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, Moskva javob chorasi sifatida xodimlar sonini “tenglashtirishi” mumkin.
Izoh (0)