Moskva—Sankt-Peterburg orasidagi M10 trassasining 418-kilometrida uchta yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda Novgorod viloyatining FVV matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Scania yuk mashinasi haydovchisi Ford Fusion yengil avtomobili uriligan va Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. U esa o‘z navbatida Ford Fusion va yana bir Volvo yuk mashinasiga urilgan. Zanjirning so‘nggi qismida Renault Sandero joy olgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita yengil mashina furalar ostida qolib ketgan.
Izoh (0)