Barselonada 11-iyul kuni yangi avlod Audi A8 avtomobili namoyish etildi. Sedan avtomobilsoz kompaniya tarixidagi eng texnologik avto sifatida ta’riflanmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, avtomobilning tashqi ko‘rinishida radikal o‘zgarishlar yo‘q. Shu bilan birga, u butunlay yangi MLB Evo arxitekturasida yig‘ilgan. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda alyuminiy qotishmalarining ishlatilishi sedanning hajmini kamaytirish imkonini bergan.
Yangi mashina ikkita sensorli displeyga ega bo‘lib, ulardan biri audio va iqlim tugmalarining o‘rnini bosadi.
Motor gammasi 3 va 4 litrlik benzin va dizel dvigatellaridan iborat. Shuningdek, sedan 48 voltli gibrid qurilmaga egaligi ma’lum.
Izoh (0)