Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Freeform kanali  va Marvel Television “Yangi jangchilar” serialidagi bosh qahramon roli uchun asli o‘zbekistonlik bo‘lgan 30 yoshli Milana Vayntrubni tanladi, deb xabar berdi “Anons.uz”.

Foto: “Kinopoisk”

Foto: “Kinopoisk”

Marvel’ning boshqa loyihalaridan farqli o‘laroq ushbu serial komediya janrida bo‘ladi va unda o‘zining super qobiliyatlariga ko‘nikishga harakat qiladigan oltita inson haqida hikoya qiladi, deya yozadi “Kinopoisk”.

Loyihada Marvel’ning eng mashhur qahramoni Milana Vayntraub jonlantiradigan Olmaxon-qiz bo‘ladi. Dorin Grin ismli olmaxon-qiz Marvel’ning eng qiziquvchan qahramonlaridan biri. 14 yoshli Dorin Grin “Temir odam”ga yordamchi bo‘lishga harakat qilgan. Doktor Dumni, Tanosni, Galaktusni, M.O.D.O.K.ni va Ego tirik sayyorasini yenggan. Olmaxon-qiz Dedpul bilan birga ham ishlagan, unga Olimp xudosini ozod qilishda yordam ko‘rsatgan. Olmaxonlar bilan gaplasha oladi, juda kuchli, chiroyli momiq dumga hamda o‘tkir tish va tirnoqlarga ega. Jarohat olganida tezda qayta tiklana oladi.

Ta‘kidlash kerakki, aktrisa Toshkentda tug‘ilgan, keyinchalik ota-onasi bilan birga uch yoshida ko‘chib ketgan. Vayntrub besh yoshidan boshlab Barbie qo‘g‘irchoqlari reklama roligida suratga tushgan. San-Diyegoda komediya janrini o‘rgangan, YouTube’da Live Prude Girls serialini namoyish etgan, turli teleloyihalarda, jumladan, mashhur “Bu biz” serialida ishtirok etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda