Vazirlar Mahkamasi fuqarolarni pensiya bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari doirasida ayrim qarorlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qarorni qabul qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, pensiya olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblash ikki kategoriyaga bo‘linadi:
Birinchi kategoriya:
- faoliyat turidan, egalik shaklidan qat’iy nazar, ishchi davlat sotsial sug‘urtasiga ega bo‘lgan har qanday ish, sug‘urta pullari moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘langan taqdirda;
- harbiy xizmat (shu jumladan SCHRda harbiy xizmat) hamda partizan otryadlari va qo‘shilmalarda bo‘lish, davlat xavfsizligi va mudofaa bo‘limlari organlari xizmat;
- bo‘ysunish idorasidan qat’iy nazar, harbiylashtirilgan qo‘riqchilikda, maxsus aloqa va tog‘-qutqaruv qismlarida xizmat;
- individual mehnat faoliyati yoki yirik shoxli jonivorlarni parvarish qilish va chorvachilik mahsulotlarini realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat, sug‘urta pullari moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘langan taqdirda.
Ikkinchi kategoriya:
– I guruh nogiron yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani,
– 80 yoshga yetgan va doimiy parvarishga muhtoj keksa insonni,
- keksa inson parvarishga muhtoj bo‘lgan davrda parvarish qilish davri;
- oliy o‘quv yurtlarida (shu jumladan harbiy ta’lim bilim yurtlarida, agar ularda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan bo‘lsa), aspiranturada (stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutida) va klinik ordinaturada, shu jumladan, chet elda o‘qish;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish uchun ta’tilda bo‘lish, umumiy 3 yildan ko‘p emas;
- zobitlar, praporshchiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilarning rafiqalari mehnat bilan ta’minlanishi imkoniyati bo‘lmagan hududlarda bo‘lgan davr 10 yildan ko‘p emas;
- diplomatik idoralar va konsullik idoralari xodimlarining, shuningdek, TIV tomonidan xalqaro tashkilotlarning kvotali lavozimlariga yuborilgan ishchilarning turmush o‘rtoqlari chet elda bo‘lgan davr, 10 yildan ko‘p emas.
Bir kategoriyaning turli davrlari ham staji hisoblanayotgan fuqaroga to‘g‘ri kelsa, uning istagiga ko‘ra ikki kategoriyadan biri tanlanadi.
Ikki turli kategoriya davrlari to‘g‘ri kelganda esa, ish staji birinchi kategoriya bo‘yicha hisoblanadi. Shu tariqa, imtiyoz fuqarolarning faktik jismoniy mehnatiga beriladi.
Endi ish stajiga budjetdan tashqari jamg‘armaga sug‘urta pullari to‘lanmagani uchun kiritilmagan davrlar mehnat faoliyatining oxirgi 10 yilligi uchun hisoblanmaydi.
Mamlakat oldida alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga pensiya ustiga eng kam oylik ish haqining 100–150 foizi miqdorida ustama haq belgilanadi.
Izoh (0)