6-iyul kuni Prezident Toshkent shahrida zamonaviy o‘yinchoqlar va bolalar buyumlari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, sobiq “Tosho‘yinchoq” zavodining 12 ming kvadrat metr maydonni egallovchi asosiy binolari uzoq vaqtdan beri bo‘sh yotibdi, u yerdagi ishlab chiqarish tizimlari yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Ushbu faktni inobatga olgan holda obyekt beg‘araz asosda balans qiymati bo‘yicha O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga topshiriladi, so‘ng bankning boshqaruvchi kompaniyasi — NBU Investment MCHJga sifatli va zamonaviy o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga investitsiya ajratish sharti bilan taqdim etiladi.
Shu tariqa, Milliy bank va boshqaruvchi kompaniyaga 2018-yil 1-martga qadar o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ushbu mahsulotni ham ichki, ham tashqi bozorlarda realizatsiya qilish topshirildi.
Qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga topshirildi.
Izoh (0)