S-300 zenit-raketa komplekslari Eronda jangovar navbatchilikka kirishdi. Bu haqda Eronning “Xotam al-Anbiyo” raketa hujumiga qarshi mudofaa bazasi qo‘mondoni Amir Farzod Ismoiliy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Tasnim agentligiga ko‘ra, Eronda ushbu komplekslar birinchi marta jangovar navbatga qo‘yilishi.
Eronga Rossiya raketa komplekslarining yetkazilishi bo‘yicha shartnoma 2007-yili tuzilgan edi, ammo uning bajarilishi 2010-yili to‘xtatib qo‘yildi. 2015-yil bahorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronga S-300 komplekslarini yetkazishga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi, o‘sha yilning noyabrida shartnoma qayta kuchga kirdi.
Izoh (0)