Namangan viloyatida 27 nafar kam ta’minlangan ayolga uy-joy sotib olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi orqali ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan Namangan viloyatining 27 kam ta’minlangan nogiron ayoliga 2–3 xonali qurilayotgan yangi uy-joy sotib olish uchun birlamchi badal beg‘araz asosda davlat budjeti hisobidan qoplanadi”, — deyiladi xabarda.