Fransiya prokuraturasi mamlakat prezidenti Emmanyuel Makronga suiqasd uyushtirgan 23 yoshli yigitga nisbatan terrorchilik aybini ilgari surdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Erkak bir necha kun muqaddam qo‘lga olingan edi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, u Bastiliyaning qulashi nishonlanadigan kuni (14-iyul) Makronga suiqasd uyushtirishni rejalashtirib yurgani aniqlangan.
Bundan tashqari, mahbus millatchilik g‘oyalariga xayrixoh bo‘lib, mamlakatning milliy ozchiliklari vakillariga hujum uyushtirishni rejalashtirgani aytilmoqda.
Prokuratura xodimlarining bildirishicha, erkakning konkret rejalari bo‘lmagan va u yolg‘iz harakat qilgan.
Izoh (0)