AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan “strategik bar-toqat davri” tugagani bildirib, endilikda aniq javob talab qilinishini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Donald Tramp mazkur bayonotni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan Oq Uyda o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida berdi. Uchrashuv YouTube orqali translyatsiya qilindi.
AQSh yetakchisining so‘zlariga qaraganda, KXDRning yadro va raketa sinovlari aniq javob berilishini talab etadi.
U AQSh Yaponiya va Janubiy Koreya bilan yaqin hamkorlikda KXDR tahdidini bartaraf qilish bo‘yicha ish olib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)