Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mita “Globallashuv va texnologik taraqqiyot davrida paxta” mavzuidagi 76-plenar yig‘ilishini 23–27-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazadi. Uning ochilishi 23–24-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro paxta va tekstil yarmarkasiga to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Prezidentning ushbu tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi 28-iyunda imzolangan tegishli farmoyishida aytilishicha, ular xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikning kengayishiga, paxtachilik sohasidagi dolzarb ilmiy va texnologik masalalarning hal etilishiga, chet el investitsiyalarining jalb etilishiga va boshqa maqsadlarga xizmat qiladi.
76-plenar yig‘ilish seksiyalari ishida mahalliy ixtisoslashgan muassasalar vakillari faol ishtirok etadi. Ular orasida ilmiy-tadqiqot institutlari, yetakchi olimlar, talabalar va yosh mutaxassislar bor.
Izoh (0)