Moskva 2016-yil dekabrida AQShdagi Rossiya diplomatlariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga nisbatan javob tayyorlamoqda. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Javob choralari tayyorlanmoqda. Tushunasizki, bu faqat TIVda hal qilinmaydi”, — dedi ayol “Rossiya-1” telekanali efirida.
2016-yil dekabrida AQSh prezidenti Barak Obama joriy etgan yangi sanksiyalar doirasida mamlakatdan 35 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilgan edi.
Izoh (0)