20-iyun kuni O‘zbekiston hukumati “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijoriy bankining yangi raisini tayinladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, G‘anisher Mamatqulov mazkur moliyaviy muassasa boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Bank boshqaruvining eski raisi Ahadbek Haydarov may oyida O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Izoh (0)