Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Le-Burje — 2017” xalqaro aerokosmik ko‘rgazmasini ochib berdi. Unda 47 mamlakatdan 2,5 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. Rossiya sanksiyalar sabab ushbu yilda Fransiyaga o‘zining texnika va samolyotlarini olib kira olmadi, faqatgina maketlari va ko‘rgazma materiallari bilan ishtirok etmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”
Ko‘rgazma va Airshow 324 ming kvadrat metrga teng maydonda bo‘lib o‘tmoqda, bu 46 ta futbol maydoni demakdir. Yozgi dasturda 33 ta samolyot ishtirok etadi. Tashkilotchilarning baholashicha, ish kunlari ko‘rgazmaga 150 ming, ochilish kunida esa 200 ming odam tashrif buyuradi.Le-Burjeda eng yirik aviashouning ochilishi bo‘lib o‘tdi (foto)
×
Izoh (0)