Ruslan Sharipov san’atga qaytayotganini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Foto: UzNews

Hayotdagi qiyinchiliklar sabab Ruslan Sharipov sahnani o‘n yil muddatga tark etishga majbur bo‘lgandi. Hozirda barcha qiyinchiliklar ortda qoldi va san’atkor o‘z muxlislari uchun yangi qo‘shiqlar tayyorlamoqda.

Ruslan Sharipov nafaqat qo‘shiqchi, balki musiqachi va bastakor hamdir. U “Bolalar”, “Setora” va “Bayt” kabi mashhur guruhlarni tuzgan. “Shahzod” va “Xo‘ja” guruhi qo‘shiqlarining bastakori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ruslan Sharipov salomatligi tiklangach, qizi ishtirokida yangi estrada guruhini tuzmoqchi ekanligini bildirgandi.