Kolumbiya poytaxti Bogotadagi Centro Andino savdo markazida terakt uyushtirgan jinoyatchilar ammonal portlovchi moddasidan foydalangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bizda portlovchi modda turi haqida ma’lumot bor. Bu yuqori quvvatga ega portlovchi uskuna, balki ammonal ishlatilgandir”, — dedi u.
Prezident halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“Halok bo‘lganlardan biri fransiyalik ayoldir. Fransuzlar terrorchilik nimaligini yaxshi biladi: ular oxirgi vaqtlar bu bilan ko‘p to‘qnashdi”, — qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Portlash oqibatida uch kishi halok o‘lgani va o‘n kishi yaralangani ma’lum.
Izoh (0)