Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev X Ostona iqtisodiy forumida xalqaro kriptovalyuta yaratish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Xalqaro hisob-kitob va to‘lov birligini joriy etish ustida jiddiy o‘ylash payti keldi. Bu jahonga valyuta urushlaridan, spekulyatsiyalardan, savdo munosabatlaridagi adolatsizlikdan, bozordagi beqarorlikdan qutulish imkonini beradi”, — ta’kidladi u.
Nazarboyevning ishontirib aytishicha, bunday valyuta oddiy transparent emissiya mexanizmiga ega bo‘lishi lozim.
“Raqamlashuv, blokcheyn singari texnologiyalarning rivojlanishi tufayli bunday to‘lov birligi kriptovalyuta shakliga ega bo‘lishi lozim. U abstrakt ishonchga emas, konkret aktivlar bilan ta’minlanishga asoslanishini muhim”, — qo‘shimcha qildi Nazarboyev.
Izoh (0)