1970-yillarning oxirida Ruminiyadagi Jamana qishlog‘ining aholisi o‘z uylarini qoldirib, davlat to‘lagan badal puli hisobiga mamlakatning turli hudulariga ko‘chib ketishgan. Aholining ko‘chib ketishiga qishloq hududidan katta miqdorda topilgan misning qayta ishlanishi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi TJournal.
Vodiy to‘g‘on bilan “berkitilgan” bo‘lib, qishloq ko‘lida chiqindi hamda shlak yig‘ila boshlagan. Qizargan zaharli suvning darajasi har yili bir metrga ko‘tarilmoqda.
Yigirmaga yaqin odam vodiyda yashashga qolgan, biroq ular tog‘ yonbag‘ri tomon sekin-asta ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.
Hozirga qadar mahalliy qabriston va cherkov suv ostida qolishga ulgurgan.
Izoh (0)