21-mart kuni Suriyaning Rakka shahri uchun olib borilgan janglarda AQSH boshchiligidagi koalitsiya aviazarbalari oqibatida 300 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan. Bu ma’lumotlar Jenevada BMTning Suriyada inson huquqlarining buzilishi bo‘yicha mustaqil komissiya tomonidan keltirildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz koalitsiya zarbalari oqibatida tinch fuqarolarning halok bo‘lish holatlarini qayd qildik. 21-mart kuni jami 300 kishi halok bo‘lgan, shulardan 200 nafari Mansura qishlog‘ida”, — ma’lum qildi brifing chog‘ida komissiya a’zosi Karen Abuzaid.
Komissiya taqdim etgan hisobotda Rakka qamali chog‘ida “hayratlanarli miqdorda” tinch fuqaro halok bo‘lganiga urg‘u berildi.
Izoh (0)