O‘z maydonida Shotlandiya ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan Angliya terma jamoasi, JCh—2018 saralashining Glazgoda o‘tgan javob o‘yinida katta qiyinchilikka duch keldi.
Bellashuv Angliya terma jamoasi uchun yomon boshlanmagandi. Biroq o‘yin asosiy vaqti yakuniga uch daqiqa qolganida shotlandlar 2 ta gol urib, muvozanatni o‘zi tomoniga og‘dirib qoldi.
Yevropaning eng jiddiy derbisida Angliya terma jamoasini Harri Keyn mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. “Tottenhem” futbolchisi bu goli bilan bejizga APL to‘purari bo‘lmaganini isbotladi.
Angliyaning ochko yo‘qotishidan Slovakiya termasi unumli foydalanib qoldi. Endilikda Angliya va Slovakiya termalari o‘rtasidagi ochkolar farqi 2 tani tashkil qiladi. 4-sentabr kuni tomonlar Angliya maydonida to‘qnash keladi. Ularning dastlabki uchrashuvida Slovakiya 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
JCh—2018. Saralash “F” guruhi. 6-tur 10-iyun, shanba
Izoh (0)