Zimbabveda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Xararedan 156 kilometr shimolroqda ro‘y berdi. Avtobus Zambiyaga ketayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, buning oqibatida mashina yo‘ldan chiqib ketgan.
Zimbabveliklar har kuni avtobusda Zambiyaga borib, u yerda oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak bilan savdo qiladi.
Izoh (0)