Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Urganch” va “Samarqand” xalqaro aeroportlari yana bir bor Fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan 2016-yil natijalari boʻyicha oʻtkazilgan nufuzli tanlov gʻoliblari boʻldi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“MDH mamlakatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti” tanlovida Oʻzbekiston aeroportlari bir necha yillardan buyon qatnashib keladi, shu vaqt ichida ular koʻplab marta turli nominatsiyalarda g‘oliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda. Oʻtgan yilgi faoliyat natijalariga koʻra “Urganch” aeroporti “Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport” deb e’tirof etilgan boʻlsa, bu yil aeroport ushbu nufuzli tanlovda beshinchi marta g‘oliblikni qoʻlga kiritdi. “Samarqand” aeroporti “Aktiv faoliyati uchun” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

“Assotsiatsiya sovrinlari – Kubok va Faxriy yorliq, havo maskanlari xodimlarining yuqori ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, parvozlarning xavfsizligi va oʻtgan yilgi ish rejalarining bajarilishi ta’minlanishiga zamin yaratgan birdamlikdagi mehnatlari natijasidir”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda