O‘zbekistonlik ayollar Yaponiyaga gul va sabzavot ekishga taklif etilmoqda
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yaponiyaning Aichi va Oita prefekturalarida mehnat faoliyatini olib borishni istagan O‘zbekiston fuqarolar to‘planayotganini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
E’londa aytilishicha, 20–28 yoshli ayollar gul va sabzavot ekishga jalb qilinadi. Maosh — Aichi prefekturasida soatiga 845 iyena (7,64 dollar), Oita prefekturasida — soatiga 715 iyena (6,46 dollar). Ish tartibi: Aichi prefekturasida — kuniga 8 soat, haftasiga ikki kun dam, Oita prefekturasida — kuniga 7,5 soat, haftasiga bir kun dam.
Barcha qiziquvchilar 214-51-87 va 214-47-29 raqamlariga murojaat qilishi mumkin.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar