Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima sababdan sochlaridan voz kechganiga oydinlik kiritdi.
“Yuventus”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasining finali oldidan portugaliyalik hujumchi agar jamoasi g‘alaba qozonsa va unda o‘zi gol ursa, sochidan voz kechishga tayyor ekani haqida aytgan. Hal qiluvchi o‘yinda “Qirollik klubi” yirik hisobda zafar quchdi, Krishtianu esa dubl qayd etdi.
Sochimdan voz kechish mening va’dam edi. Buning uchun finalda zafar quchishimiz va unda gol urishim kerak edi. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi va men va’damni bajardim.Krishtianu Ronaldu, “Real” hujumchisi