2017-yilning 1-yanvaridan 29-mayiga qadar Toshkentda yuridik shaxslarga tegishli mashinalar ishtirokida 98 YTH sodir bo‘lib, ularda o‘n kishi halok bo‘ldi va 116 jarohat oldi. Bu haqda, shahar IIBBga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
Avariyalarning eng ko‘p qismi Yunusobodda ro‘y berdi — 20 ta (bir kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohatlandi), undan keyingi o‘rinlarda Chilonzor — 17 ta (ikki kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohat oldi) va Mirzo Ulug‘bek tumanlari — 11 ta (bir kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohatlandi).
2016-yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan yuridik shaxslarga tegishli mashinalar ishtirokidagi YTHlar soni biroz kamaygani kuzatilmoqda. Ammo Chilonzor va Yunusobod tumanlarida YTHlar soni 240 va 66 foizga ko‘paydi.
Izoh (0)