AdMe misli ko‘rilmagan gonorarlarga qaramay, kamtar hayot kechirishga o‘rgangan dunyoga mashhur shaxslar haqida maqola tayyorladi.
Jennifer Lourens
“Ochlik o‘yinlari” yulduzi pulni aql bilan sarflashga o‘rgangan va o‘zi ishlab topgan har bir sentning qadrini biladi — Volkswagen Eos’da yuradi, do‘konlardagi chegirmalar bilan qiziqadi va chegirmali kuponlardan foydalanadi. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan Luisvill shahridagi bolalar kasalxonasining kardiologiya bo‘limiga aktrisaning nomi berilgan, u yerga Jennifer 2 million dollar xayriya qilgan.Kianu Rivz
Kianu xizmat pog‘onasidan ko‘tarilayotgan vaqtida ham mehmonxonalarda yashashni yoki kvartiralarni ijaraga olishni afzal ko‘rardi. Uning ko‘pdan-ko‘p ashyolari, soqchilari yo‘q, va u jamoat transportida bemalol yuradi. Aktyor “Matritsa” filmidan olgan gonorarining 90 foizini (taxminan 80 million dollar) grimchilar, maxsus effektlar bo‘yicha mutaxassislar va loyiha bo‘yicha boshqa hamkasblariga berdi, 12 nafar kaskadyorga esa bittadan yangi mototsikl sovg‘a qildi.Sara Jessika Parker
Aktrisa pulni ehtiyot bo‘lib sarflaydi va farzandlarini ham shunga o‘rgatishga urinadi. Sara ularga o‘zi kiyim tikadi va sekond-xendlarni yaxshi ko‘radi. Sara o‘zining taniqli qahramoni — Kerri Bredshouning tuflisini kimoshdi savdosida sotib, tushgan mablag‘ning barchasini musiqa va san’at maktabiga xayriya qildi.Keyt Middlton
Gersoginya ko‘pincha omma oldiga bir xil kiyimda chiqadi va arzon brendlarni yaxshi ko‘radi. Masalan, suratdagi pidjak va ko‘k ko‘ylak — Zara brendidan. Keyt doimiy ravishda xayriya bilan shug‘ullanadi. So‘nggi xayriya dasturlaridan biri — yoshlar, faxriylar, boshpanasiz kishilar va xavf zonasidagi boshqa kishilar guruhining ruhiy salomatligi bilan shug‘ullanadigan Heads Together dasturi.Kristian Beyl
“Betmen” shuhratga erishganidan keyin ham uzoq vaqt oilasi bilan bir xonali xonadonda yashagan va soqchilari ham bo‘lmagan. Yangi “Va’da” filmi prokatidan tushadigan daromadning barchasini aktyor xayriyaga sarfkashga qaror qildi.Leonardo Di Kaprio
Yaxshi pul topadigan aktyorga aylanganidan so‘ng ham Leo oddiy Toyota Prius mashinasida yurardi. Hozirgacha ham aktyor xususiy samolyotlardan ko‘ra, tijorat parvozlarini afzal ko‘radi. 1998-yilda u Leonardo DiCaprio Foundation jamg‘armasini yaratdi va 30 ta turli xayriya tashkilotlari hisoblariga 15 million dollar o‘tkazdi.Kira Naytli
Aktrisa o‘zi uchun har oyda limit belgilaydi; agar u ushbu summadan ko‘proq narsa xarid qilmoqchi bo‘lsa, bu haqiqatan ham zarurmi, deya o‘ziga savol beradi. Kira xayriyaga pul yig‘ish uchun o‘zi turli tadbirlarga kiyib borgan liboslarni sotadi.Jessika Alba
Jessika — tejamkor ona va ekologik tagliklar ishlab chiqaruvchi The Honest Company kompaniyasi asoschisi. U to‘ng‘ich qiziga sig‘may qolgan kiyimlarni tashlab yubormaydi, balki kichik qiziga kiydiradi. Forbes aktrisani AQShning boyligini o‘z kuchi bilan jamg‘argan eng badavlat ayollari reytingiga kiritgan bo‘lsa-da, Jessika arzon markali kiyimlar sotib olish va jamoat transportida yurishdan uyalmaydi.
Izoh (0)