Har yili 22-iyundan 2-iyulga qadar, Yer qisqa davriylikka ega bo‘lgan Ponsa-Vinneke orbitasidan o‘tayoganda osmonda Iyun Bootidi meteorlar oqimi kuzatiladi, deb yozadi National Geographic.
Iyun Bootidlari 1916, 1921 va 1927-yillarda rekord darajada faol bo‘lgan: soatiga 100 tagacha meteor kuzatilgan. Joriy yozda ham uning faol bo‘lishi kutilmoqda. Uchar yulduzlar yomg‘iri 27-iyunga o‘tar kechasi avjiga chiqadi.
Yoz faslida 43 daraja va 65 daraja (shimoliy va janubiy kenglik) kengliklar oralig‘ida kumush rang bulutlarni kuzatish uchun ideal sharoitlar yuzaga keladi.
21-iyunga qadar Quyosh Buzoq yulduzlar turkumi bo‘ylab harakatlanadi, keyin esa Egizaklar turkumiga o‘tadi va oy oxiriga qadar unda qoladi. Bunda quyoshning og‘ishi va kun davomiyligi oshadi. Agar oy boshida u 17 soatu 11 daqiqani tashkil etsa, quyosh turishi kuni 17 soat va 32 daqiqani tashkil etadi.
Sankt-Peterburg kengligida oq tunlar, 66-kenglikdan shimolda esa qutb kunlari hukmron bo‘ladi.
Saturn har 378 kunda Quyoshga yuzma-yuz bo‘ladi va uning navbatdagisi 2017-yilning 15-iyuniga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)