Filippin janubidagi Maravi shahrida hukumat kuchlari va IShID tarafdori bo‘lgan jangarilar bilan to‘qnashuvlarda 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat qurolli kuchlari vakiliga ko‘ra, 28-may, yakshanba kuni holatiga ikki tomon o‘rtasidagi janglar 19 nafar tinch aholi vakili, 11 harbiy va 4 politsiyachini hayotdan olib ketdi.
Qochishga harakat qilgani taxmin etilgan 8 kishining jasadi jarlikdan topildi.
To‘qnashuvlarda armiya tomonidan IShID tarafdori bo‘lgan 61 nafar jangari o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.