Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 12-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.
Namanganda “Navbahor” mehmoni bo‘lgan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvda mezbonlar 82-daqiqaga kelibgina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
“Olmaliq” futbolchilari esa G‘uzorda “Sho‘rtan”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi — 1:0. Uchrashuvdagi yagona gol Dilshod Jo‘rayev tomonidan urildi.
Kunning so‘nggi o‘yinida Farg‘onaning “Neftchi” klubi “Lokomotiv”ga qarshi hech narsa qila olmadi. 35 yoshlar atrofidagi ikki futbolchi tomonidan urilgan uch gol sabab “Neftchi” futbolchilari quyi liga tomon yana bir qadam tashladi.
12-turning qolgan o‘yinlari natijasi bilan shu havolada tanishish mumkin.
O‘zbekiston Oliy ligasi 12-tur bellashuvlari 27-may, shanba
Izoh (0)