AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish niyatida emas, aksincha, ularni qattiqlashtirish ustida o‘ylamoqda. Bu haqda Oq Uy vakili G7 sammiti o‘tayotgan Italiyada jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaymiz. Agar kerak bo‘lsa, biz Rossiyaga qarshi qattiqroq ham munosabatda bo‘lishimiz mumkin”, — dedi u.
Ilgari AQSh Rossiyaga nisbatan cheklovlarni yumshatishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Oq Uy vakili buni inkor qildi.
Izoh (0)