Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatda ishlab chiqilgan yangi raketaning uchirilishida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Hozirgina Ukrainaning yangi raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Raketaning barcha butlovchi qismlari Ukrainada ishlab chiqilgan. Bu — bizning umumiy muvaffaqiyatimiz!”, — deb yozdi Poroshenko.
Voqea aks etgan video Facebook’da joylashtirildi.
Izoh (0)