24–25-may kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston–Tojikiston munosabatlari shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Parviz Sodiqiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi inventarizatsiyadan o‘tkazildi, tomonlar ko‘rib chiqayotgan hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida xalqaro shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishi borasida O‘zbekiston va Tojikiston qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ham ma’lumot almashildi.
Izoh (0)