Yevropa ligasida g‘olib chiqqan Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi bir kun oldin shaharda ro‘y bergan teraktdan so‘ng manchesterliklarga quvonch ulashgandek bo‘ldi.
“Ayaks”ga qarshi final o‘yini terakt qurbonlarini xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi va uning intixosi “mankunianlar” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Butun Manchesterning birlashishi ayni vaqtda muhim ekanini “Manchester Siti” klubi his qildi va o‘zining ashaddiy raqibi hisoblangan “Manchester Yunayted”ni yirik g‘alaba bilan tabrikladi.
Ma’lumot uchun, Manchesterdagi terakt oqibatida 22 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.
Izoh (0)