“Osi mira” nashri dunyoning odamlar yashaydigan o‘nta radioaktiv joylari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi KNews. Unga Qirg‘izistonning Mayluu-Suu va Qozog‘istonning Semey shaharlari ham kirdi.
Ramsar (Eron)
Dengiz kurorti bo‘lgan Ramsar shaharchasining Talesh Mahalla tumanida radiatsiya foni me’yordan yigirma baravar yuqori hisoblanadi. Bu yerda o‘z vaqtida radioaktiv chiqindilar axlattepasi bo‘lgan, u haligacha bartaraf etilmagan.Ozyorsk (Rossiya)
Rossiyaning yopiq shaharlaridan birida 82 ming kishi deyarli yadro qabristonida o‘z hayotlarini qurishda davom etmoqda. Bu yerda uzoq vaqt faoliyat yuritgan “Mayak” zavodida qurol-yarog‘lar uchun plutoniy ishlab chiqarilgan, chiqindilar esa butun viloyatga tarqalgan.Chernobil (Ukraina)
Chernobil atom elektr stansiyasidagi ofatdan so‘ng o‘n yillab vaqt o‘tsa ham, bu yerda yuqori radiatsiya foni saqlanmoqda. Shunga qaramay, shaharda odamlar yashaydi — 400 ga yaqin keksalar taqiqlangan hudud ichidagi uylariga qaytishga qaror qildi.Guarapari (Braziliya)
Guaraparida radiatsiya foni me’yordan oshmagan, ammo ommabop plyajlardan birida qirg‘oqbo‘yidagi tog‘lar eroziyasi tufayli, radiatsiya darajasi baland bo‘lib qolmoqda.Yanszyan (Xitoy)
Monotsitga boy tog‘ jinslari eroziyasi natijasida olingan qum mahalliy zavod tomonidan g‘isht ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. Undan esa shahardagi butun bir tumanni qurishgan. Monotsit vaqt o‘tishi bilan devorlarda radiy, aktiniy va radonga parchalangan.Kerala (Hindiston)
Kerala atrofidagi qumlarda toriy darajasi yuqori, bu radiatsiya foni dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 30 marta oshib ketishiga sababchi bo‘lgan.Semey (Qozog‘iston)
Sobiq ittifoq davrida ushbu shahar atroflari yadro bombalari portlatiladigan poligonga aylantirilgan. O‘sha vaqtda shaharda yashagan 1,5 million aholining yuz mingdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri radiatsiya nurlanishiga uchragan. Bu yerda aholining saraton kasalliklariga chalinishi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch marta ko‘proq kuzatiladi.
Mayluu-Suu (Qirg‘iziston)
Shahar atrofiga qariyb 2 million kub metr radioaktiv materiallar ko‘milgan. Ustiga-ustak, hudud tektonik faol hisoblanadi. Navbatdagi zilzila butun shaharni radioaktiv axlatga ko‘mishi mumkin.Palomares (Ispaniya)
1966-yilda AQSh HHK bombardimonchisi yoqilg‘i samolyoti bilan havoda to‘qnashib ketishi natijasida bu yerda ikkita yadro bombasi portlagan, ammo bu 2008-yilgacha maxfiy saqlangan. Ayni paytda radiatsiya foni o‘ta yuqori bo‘lgan shaharda saraton kasalliklari statistikasi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 marta yuqori.Shinkolobve (Kongo Demokratik Respublikasi)
Mahalliy uran koni rasman xavfli deb topilib, 2004-yilda yopilgan. Ammo shahar aholisining katta qismi noqonuniy ravishda ruda qazib chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)