Yangi Moskvadagi logistik kompaniya avtomobillar to‘xtash joyida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida qariyb 30 ta mashina yonib ketdi yoki zarar ko‘rdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yangi Moskva, Salaryevo qishlog‘idagi avtomobillar to‘xtash joyida yong‘in yuz berganligi haqida 02:53 da (Moskva vaqti bo‘yicha) xabar kelib tushdi. Yong‘in oqibatida 28 ta mashinaga qisman yoki to‘liq qisman zarar yetdi”, — deya xabar beradi Moskva FVV bosh boshqarmasi.
Yong‘in 40 daqiqada bartaraf etilgan. Uning oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in sabablari va vaziyatlari aniqlanmoqda.
Izoh (0)