Sheron Stoun
Aktrisa anevrizmning yorilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida klinik o‘limni boshidan kechirdi. Operatsiyadan so‘ng nutq bilan bog‘liq muammolarga qaramay, besh yildan kam vaqt ichida yana kinoga qaytdi.
Ayni paytda Stoun jiddiy xasta kishilarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2013-yilda xayriyaga qo‘shgan hissasi uchun u Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.Maykl Jey Foks
1991-yilda aktyorga Parkinson xastaligi tashxisi qo‘yilgan. Shunga qaramay, o‘shandan buyon u besh marta “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Maykl kapitali 450 million dollarga teng jamg‘armaga asos soldi, u Parkinson kasalligiga qarshi dori qidirish borasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.Juliya Roberts
Aktrisa Verlgof kasalligiga qarshi kurashmoqda, u teridagi kichik kesilgan joydan ham kuchli qon ketishi bilan tavsiflanadi. Shunga qaramay, u filmlarda suratga tushmoqda va uch farzandni tarbiyalamoqda.
Roberts YuNISEF yaxshi niyat elchisi sifatida mushkul ahvolga tushgan odamlarga yordam berish uchun ham vaqt topmoqda.Ben Stiller
Taniqli qiziqchi saraton shishini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani va kimyo terapiyasini boshidan o‘tkazdi.
Ayni paytda u 25 ta tashkilotni qo‘llab-quvvatlaydi, ular orasida saratonni o‘rganish instituti va onkologik kasalliklarga chalinganlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bor.Deniyel Redkliff
“Garri Potter” dispraksiya — eng oddiy harakatlarni bajarishni ham qiyinlashtirib qo‘yuvchi asab kasalligidan azob chekadi. Shunga qaramasdan, u kinematografda muvaffaqiyatli karyerani qurdi.Ledi Gaga
Qo‘shiqchi tizimli qizil teri siliga uchragan. U doimiy ravishda ruhiy ko‘makka ehtiyojmand kishilarga pul xayriya qiladi va ularni yoqlab chiqadi.Kayli Minoug
Avstraliyalik qo‘shiqchi 2005-yilda ko‘krak saratoniga chalinganidan xabar topgan. Kasallikni yengib chiqqach, u onkologik kasalliklarning o‘z vaqtida aniqlanishi qanchalik muhimligini odamlarga yetkazish uchun ko‘p mablag‘ sarflashni boshladi.Xyu Jekman
Aktyorda 2013-yilda teri saratonini aniqlashdi, o‘shandan buyon u oltita operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Shunga qaramay, u qizg‘in aktyorlik faoliyatida davom etmoqda.
Jekman saratonni tadqiq qilish va boshqa dolzarb muammolar bilan shug‘ullanuvchi 27 ta tashkilotga homiylik qiladi.
Izoh (0)