Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Abdug‘ani Sanginov Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 19-may kuni “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi etib tayinlandi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Bungacha Sanginov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvenergo” birlashmasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Prezidentining 18-maydagi farmoni bilan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalar, shuningdek Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi bazasida tashkil etilgan edi. Yangi tuzilma respublikaning gidroelektr salohiyatidan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)