22-may kuni amerikalik rejissor Zak Snayder “Adolat ligasi” filmi ustida ishlashni to‘xtatganini ma’lum qildi. Film 2017-yilning 17-noyabrida katta ekranlarga chiqishi lozim edi, deb xabar beradi Meduza.
Shuningdek, loyihadan uning rafiqasi — prodyuser Debora Snayder ham ketdi. Mart oyida ularning qizi Otem o‘z joniga qasd qilgan edi. Zakning so‘zlariga qaraganda, u oilasi bilan birga bo‘lish uchun ishdan tanaffus olishga qaror qildi.
Snayderlarning qizi 20 yoshda edi. Qizining o‘limidan so‘ng Zak Snayder ikki haftalik tanaffus olgan va filmni nihoyasiga yetkazishni va’da qilgan edi.
“Ish menga tinchlik keltiradi deb o‘ylagandim, men ishda ko‘milib olib, shundan yordam kutgandim”, — izoh berdi bunga rejissor.
Ssenariy yozishda ishtirok etgan, “Qasoskorlar” filmiga rejissorlik qilgan Joss Uidon uning ishini davom ettiradigan hamda “Adolat ligasi”ning qolgan qismini suratga oladigan bo‘ldi. Suratga olish jarayoni Angliyada davom etadi.
Izoh (0)