Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti va Peterburg davlat temiryo‘l universiteti hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Mazkur hujjat Peterburg davlat temiryo‘l universitetining rektor Aleksandr Panichev boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi doirasida imzolandi.
Kelishuv doirasida tomonlar lektorlar almashadi, tadqiqotlar, mahorat darslari, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazadi.
Shuningdek, monografiyalar, darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalarni birgalikda ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)