Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro Norgul Abdullayeva (maqolada ism va familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zi istiqomat qilayotgan uyining tomorqasiga 255 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro Norgul Abdullayeva uyining yordamchi xonalari ko‘zdan kechirilganda jami og‘irligi 107,84 gramm ko‘knor giyohvandlik o‘simligi urug‘i va og‘irligi 1,98 gramm ko‘knor giyohvandlik o‘simligining quritilgan barglari (makovaya saloma) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Norgul Abdullayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bugungi kunda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)