Tehron AQShni Yaqin Sharqda Eronga nisbatan adovat tarqatishda, shuningdek, xavfli terrorchilarga qurol-yarog‘ sotishda aybladi. Bu haqda, Press TV telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Eron haqidagi asossiz da’volarini takrorlar Eronga nisbatan adovatni tarqatar ekan, AQSh prezidenti mintaqadagi mamlakatlarni yanada ko‘proq qurol sotib olishga undamoqchi bo‘ldi”, — ma’lum qildi Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy.
Shuningdek, u AQSh Yaqin Sharqda xavfli terrorchilarga qurol sotishni to‘xtatishi lozimligini ta’kidladi.
“AQSh va uning ittifoqchilari shuni bilishi kerakki, Eron — demokratik, barqaror va kuchli davlat bo‘lib, u tinchlikka, yaxshi do‘stona aloqalar va tinchlikka chaqiradi, shafqatsizlik va ekstremizmga qarshi turadi”, — qo‘shimcha qildi Qosimiy.
Izoh (0)